RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TOMONIDAN QUVASOY SHAHRIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2024-01-24 10:44:01 817
Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Quvasoy shahrida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
O‘rganishlarda aholi muammolari va ularni hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi qator yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarga muhim e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev Quvasoy shahrida bo‘lib, bu yerdagi Respublika darajasida yechim belgilanishi zarur bo‘lgan muammolar bilan tanishdi.
Xususan, Quvasoy sanoat kollejida yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, bunda xorij tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlari shahar hokimligi mas’ullari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammoni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram