Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 101 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-01-18 11:00:28    1433

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sherzod Madumarov, huquq-tartibot idoralari xodimlari, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari va daxldor mutasaddilar ishtirok etdi.

Shahar prokurori Sherzod Madumarov o‘z ma’ruzasida o‘tgan yili olib borilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

2023-yilda olib borilgan samarali profilaktik tadbirlar natijasida shahardagi 10 ta ya’ni, Ziynat , Zebuniso, Namuna, Soy bo‘yi, Arsif, Yoshlik, M.Ulug‘bek, Nayman, Pastki Valik, Cho‘lpon mahalla fuqarolar yig‘inlarida umuman jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa, 12 ta Bog‘bon, Lashkar, Mo‘yan, Polmon, Yuqori Mo‘yan, Kokilon, Pakana, Sufon, Hamdo‘stlik, Yangiobod, Qalacha, A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inlarida jinoyatlar barqaror qolishiga erishilgan.

11 ta mahallarda jinoyatlar kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, mazkur davrda Do‘stlik, X.Olimjon, Isfayramsoy, Guliston, A.Temur, Bo‘ston, Valik, Huvaydo, Qo‘chqorchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida jinoyatlar ortgan. 

Yig‘ilishda mana shular xususida to‘xtalib o‘tildi va erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram