XITOYLIK INVESTORLAR ISHTIROKIDA QUVASOYDA QUYOSH PANELLARI HAMDA ZAMONAVIY KO‘CHA CHIROQLARINI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI
2024-01-16 20:13:11 1368
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Xitoyning Blue Carbon Technology Inc kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, yurtimizda xorijlik investorlarga yaratilayotgan shart - sharoitlar, qulay investitsion muhit haqida to‘xtalib o‘tildi.
Xitoylik investorlar ishtirokida Quvasoyda zamon talablaridan kelib chiqib quyosh panellari hamda zamonaviy ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bu jarayonda eng ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora – tadbirlari haqida so‘z bordi.
Yakunda hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram