“POLMON” MFYDA YANGI TARMOQ TORTISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2024-01-16 16:15:03 1361
Quvasoy shahrining eng chekka hududi bo‘lgan “Polmon” MFYda elektr tarmoqlarini yangilash borasida amaliy ishlar yakuniy bosqichda olib borilmoqda.
Mahallaga shu kunga qadar 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i uchun zarur 100 dan ortiq temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatildi. 4 km.dan ortiq uzunlikda 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari davom etmoqda.
10 kVli tarmoq uchun tayanchlarni o‘rnatish va sim tortish ishlari yakunlanmoqda.
Hududga shu kunga qadar 3 dona yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Tez orada, mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, yangi tarmoq iste’molchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram