MEHNAT FAXRIYSIGA NOGIRONLIK ARAVACHASI TOPSHIRILDI
2023-12-22 18:51:31 887
Bugun Nuroniy jamg‘armasi Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan mehnat faxriysi Komiljon Tolipovga nogironlik aravachasi topshirildi.
Yangi yil bayrami oldidan amalga oshirilgan bunday xayrli ishdan Yuqori Mo‘yan MFY da yashovchi 81 yoshli otaxon juda mamnun ekanligini takidladi.
Ma’lumot o‘rnida shaharda 11 ming 600 nafardan ko‘proq nuroniylar bo‘lib, Prezidentimizning tegishli qarorlari ijrosi doirasida ularga muntazam e’tibor va g‘amxo‘rliklar ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning noyabr oyida quvasoylik nuroniylarning Namangan va Andijon viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etilgan edi. (https://t.me/quvasoy_hokimligi/22577)
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram