QUVASOYDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2023-12-22 18:49:12 899
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Xususan, Quvasoy shahrining “Yangiobod” hamda “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash uchun zarur bo‘lgan navbatdagi temir–beton tayanchlari yetkazildi. (https://t.me/farhetk_admin/23880)
Shuningdek, “Polmon” mahalla fuqarolar yig‘iniga ham temir–beton tayanchlari olib kelindi. Mahallada yangi transformator punktini joylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mavsumda tarmoqlarda hamda transformator punktlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram