QUVASOYDA 35 NAFAR ISHSIZ YOSHLARNING BANDLIGI TA’MINLANDI
2023-12-20 18:33:19 725
Bugun Quvasoy shahridagi Do‘stlik MFY da joylashgan madaniyat uyida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida o‘tgan tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Akbarjon Muratov, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi mas’ullari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi rahbari Bekzod Fazilov yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 609 nafar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan jami 1 mlrd. 408 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilganiga e’tibor qaratdi.
Bu mablag‘lar yoshlarning to‘lov - kontraktlari, davolanish, haydovchilikka o‘qitish xarajatlari, turar - joy ijarasi, bir martalik moddiy yordam va boshqa belgilangan maqsadlarlar uchun sarflanib, o‘g‘il-qizlarga muntazam ko‘mak ko‘rsatilib, qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgani haqida ta’kidladi.
Tadbir davomida shahardagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35 nafar ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari topshirildi. Jumladan, 21 nafar yoshlarga tikuv mashinasi, 5 nafar yoshlarga motokultivator, 1 nafar yoshga injektor uskunasi, 4 nafar yoshlarga kompyuter, 1 nafar yoshga pishiriq pechi, 3 nafar yoshlarga drel va burchakli silliqlash apparati (bolgarka) berildi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram