Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 134 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA YANGI YIL ARCHASI QAD ROSTLAMOQDA: AHOLIGA BAYRAMONA KAYFIYAT ULASHISHGA MUNOSIB TAYYORGALIK BOSHLANGAN 

×

 2023-12-20 18:25:03    307

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahridagi Alisher Navoiy MFY, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan maydonga 17 metrlik Yangi yil archasi o‘rnatilmoqda. Shuningdek, mazkur maydon atrofida obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida shaharda bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga munosib hozirlik ko‘rilmoqda.

Xususan, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari, yosh ijodkorlar yutuqlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va bayram yarmarkalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangi yil bayrami oldidan shahardagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va mehnat faxriylarining holidan xabar olinishi ham ezgu an’ana va qadriyatlarimizga mos tarzda ko‘ngillarga bir olam quvonch bag‘ishlashi, shubxasiz.





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram