QUVASOYDA “MENING FARG‘ONAM” INTERAKTIV PORTALI BILAN ISHLASH VA UNING AFZALLIKLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
2023-12-18 11:34:40 584
Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi tashabbusi bilan Devonxona bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Ahunjonova ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unga shahar hokimligi devonxona bo‘limi xodimlari, mas’ul rahbarlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari hamda xotin-qizlar faollari taklif etildi.
Seminarda viloyat hokimi tashabbusi bilan yaratilgan “Mening Farg‘onam” (my.fergana.uz) interaktiv portali bilan ishlash va uning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar - trening davomida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonuni asosida mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish, MFY idoralarida aholi uchun qabullarni belgilangan kunlarda muntazam o‘tkazib borish elektron dastur ishlab ketishi uchun qulay vosita ekanligi ta’kidlandi.
Endilikda portal orqali aholiga o‘zining ijtimoiy muammolari bilan bir qatorda, takliflari va murojaatlarini ham mas’ul tashkilotlarga yuborish imkoniyati yaratilganiga e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram