Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 22 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

SHUKRONALIKNI HAM UNUTIB QO‘YMASLIK KERAK. SHAHAR HOKIMI NAVBATDAGI SAYYOR QABULDA AYNI SHU JIHATGA ISHTIROKCHILAR E’TIBORINI QARATDI

×

 2023-12-13 18:22:01    880

PDF юклаш
Чоп этиш


Fuqarolarni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan masalalar yechim topishida joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida Ziynat MFY da joylashgan 1-sektor shtabida o‘tgan navbatdagi qabulda ham bir qator muammolar eshitilib, ularni hal qilish yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilandi.

Qabulda uy-joy, moddiy yordam, sog'ligini tiklash, bandlik, elektr ta’minoti va ichimlik suvi kabi turli yo‘nalishlarda fuqarolar o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar.

Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov har bir masalaga alohida e’tibor qaratib, hududlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab muammolar yechim topayotganligini aniq misollar bilan aytib o‘tdi. Quvasoy shahrida ham ko‘plab ezgu ishlar, xayrli tadbirlar amalga oshirilayotganligini, aholi muammolari hal bo‘layotganligini qayd etib, shukronalik xissini ham unutib qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi.

Bu kabi sayyor qabullar va o‘rganishlar hududlar kesimida davom etmoqda.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram