Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 21 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

KEKSALARNI E’ZOZLASH - INSONIY FAZILAT. SHAHAR HOKIMI QUVASOYLIK NURONIYLAR XONADONIDA BO‘LDI

×

 2023-12-06 10:50:52    873

PDF юклаш
Чоп этиш


Prezidentimizning 2022 - yil 15 - martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov quvasoylik nuroniylar xonadonida bo‘lib, ular holidan xabar oldi.

Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilgan, yurt rivojiga munosib xissa qo‘shib kelayotgan mehnat faxriylari To‘raxo‘ja Mirzajonov, Sharifa Abdujabborova, To‘ravoy Komilov o‘z faoliyatlari, boy tajribalari haqida hikoya qilib berdilar.

Zotan, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilalardagi kelishmovchilik va boshqa noxush holatlarning oldini olishda faol va tashabbuskor bo‘lib kelayotgan bu nuroniylar hayoti boshqalarga ibrat va namunadir.

Samimiy suhbatlar davomida keksalar davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdilar va ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdilar.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram