Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 134 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

90 - SONLI MAXSUS MAKTAB-INTERNATI O‘QUVCHILARI ISHTIROKIDA TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-12-04 10:27:06    1019

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahridagi “Zebuniso” madaniyat uyida 90-sonli kar va soqov bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari ishtirokida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Harbiylar, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchilarning ota-onalari qatnashgan tantanada o‘g‘il-qizlar o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etishdi.

“Yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi”,-deya ta’kidlandi tadbirda so‘z olganlar tomonidan.

O‘g‘il-qizlarning har bir chiqishlari, qo‘shiq va raqslari goh ko‘zda yosh bilan, goh quvonch bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Sport musaboqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan yoshlar taqdirlandi.

Yakunda turli tashkilotlar va homiylarning maxsus maktab-internati o‘quvchilariga sovg‘alari topshirildi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram