UY SHAROITIDA TA’LIM OLUVCHI MAKTAB O‘QUVCHILARI HOLIDAN XABAR OLINDI
2023-12-04 10:15:55 458
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Quvasoy shahridagi Ziynat MFY dagi uy sharoitida yakka tartibda ta’lim oluvchi maktab o‘quvchilari, aka-uka Dadaboyevlar holidan xabar olindi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Eldor Qo‘ziyev ishtirok etdi.
Bolajonlar bilan muloqotda ularning ta’limga qiziqishlari, iqtidorlari haqida so‘z bordi. Yoshlar siyosati, ularning bilim olishi doimo davlatimiz, Prezidentimiz e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.
Uy egalari ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram