QUVASOYDA DAVLAT RAHBARINING TEGISHLI QARORI BILAN 5 MING GEKTAR MAYDONNI SUG‘ORISH QUVVATIGA EGA SUV INSHOOTI TA’MIRLANMOQDA
2023-12-04 10:11:29 451
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Qal'acha mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Isfayram-Shohimardon nasos stansiyasida bo‘lib, bu manzilda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
1974 - yilda ishga tushirilgan mazkur suv inshootida o‘tgan yillar davomida ta’mirtalab holga kelib qolgani sabab ayni kunda Jahon banki ishtirokida Prezident qaroriga asosan “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Janubiy Farg‘ona kanalidan suv olinib, qariyb 5 ming gektar maydonni sug‘orish quvvatiga ega Isfayram-Shohimardon nasos stansiyasida xitoylik mutaxassislar ishtirokida ishlar tashkil etilgan.
Loyihaning yana bir e’tiborli jihati, ishlar yakuniga yetgach, elektr energiyasidan ham iqtisod qilinishiga erishiladi.
O’rganish davomida mas’ullar olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berishdi.
Shu kuni hududlardagi sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishgan shahar hokimi har bir qarich yerdan samarali foydalanish o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ta'kidladi.
Mutasaddilarga ishlarni tizimli olib borish uchun zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram