Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 103 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

YUQORI MO‘YAN MAHALLASIDA “OTALAR CHOYXONASI” QURILISHI REJALASHTIRILGAN: SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI QABULIDA SHU HAQDA MA’LUM QILINDI

×

 2023-12-04 10:07:50    307

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida Yuqori Mo‘yan MFY da joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Shahardagi tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda fuqarolar hududdagi ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘llarni asfaltlashtirish, moddiy yordam kabi turli masalalarda o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar. Ularning har biri tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Shundan so‘ng fuqarolar bilan o‘tgan samimiy muloqotda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov bugungi kundagi dolzarb muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ayrim mulkdorlarning yerdan samarali foydalanmayotganlik holatlarini keskin tanqid qildi. Xorijiy davlatlar tajribasi misolida aslida har bir qarich yerdan munosib daromad olish mumkinligini, jamoatchilik nazorati bilan bu haqida joylarda aholiga tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini ta’kidladi.

Yuqori Mo‘yan mahalla fuqarolar yig‘ini rahbarlarini, faollarini yangi tashabbuslar bilan chiqishga, hududni yanada obod va ko‘rkam qilishga chorladi. Shuningdek, kelgusida mahalla binosi ta’mirlanib, “Otalar choyxonasi” qurilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

Bu kabi sayyor qabul va uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram