KITOB - BILIM BULOG‘I: QUVASOY AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI KITOBXONLARNI O‘Z BAG‘RIGA CHORLAYDI
2023-12-04 09:56:52 390
Quvasoy axborot-kutubxona markazi A.Navoiy MFY Beruniy ko‘chasida joylashgan. Shahardagi Pakana, Arsif, Isfayramsoy mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham uning tarmoq axborot-kutubxona markazlari faoliyat olib boradi. Markazda 26 nafar xodimlar mehnat qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, axborot-kutubxona markazi joylashgan bino 1965 - yilda qurilgan bo‘lib, 2019 - yilga qadar kinoteatr bo‘lgan.
2019 - yilda esa bu yerda kutubxona markazi ish boshlagan. Dastlab 12,5 ming kitob fondi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 24 ming nusxadan oshgan.
Kutubxonada badiiy va ilmiy asarlar bilan bir qatorda tarixiy, lug‘aviy, sohaviy va nodir adabiyotlarni ham topish mumkin. Shuning uchun ham viloyatimizda yetakchi axborot-kutubxona markazlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 7 - iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosidan kelib chiqib markazda yaratilgan qulay shart-sharoitlar kitobxonlik madaniyatini rivoj topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shinam va yorug‘ kutubxona zallari, ilm va hikmat manbai bo‘lgan noyob asarlar quvasoylik barcha kitobxonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Keling, o‘qing, ilm va hikmatdan zavqlaning!
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram