Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 18 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

OBODONLASHTIRISH, YOSHLAR MASALASI, AHOLI BANDLIGI: SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI O‘RGANISH TADBIRLARIDA AYNI JIHATLAR E’TIBORDA BO‘LDI

×

 2023-11-28 10:02:00    765

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov shahar hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, aholi bandligini ta’minlayotgan sanoat zonalari faoliyati, yangi qurilishlarning borishi bilan tanishdi.

Joylarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar jadal davom etayotgani, mahallalar, ko‘chalar, ta’lim maskanlari yangi va ko‘rkam qiyofaga kirayotgani o‘rganishlar davomida qayd etildi. Mas’ullar bilan suhbatlashilib, ularga zarur topshiriqlar berildi.

Shu kuni Pakana MFY hududida ish boshlagan tadbirkor Mahammadjon Ismoilov rahbarligidagi “Fertex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan etil spirti ishlab chiqarish loyihasi ham ko‘zdan kechirildi. 

Bu yerda 75 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta qismi qo‘shni davlatlar hamda Rossiyaga eksportga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi.

O‘rganishlar shahardagi sport maktabida, “Sementchi” stadionida hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi shahardagi ixtisoslashtirilgan maktabda davom etdi. Yoshlarni sportga ko‘proq jalb etish, ular uchun qulayliklar yaratish masalalari haqida so‘z bordi. 

Ishlarni tizimli olib borish yuzasidan mas’ullarga bir qator ko‘rsatmalar berildi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram