FUQAROLAR MUROJAATI SAYYOR QABULDA YECHIM TOPDI
2023-11-28 09:55:01 767
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida Lashkar MFY da joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Shahardagi tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda hududdagi elektr ta’minoti, ichimlik suvi, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik, to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga ko‘mak ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Ayrim muammolar joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiluvchi masalalarga mutasaddilar biriktirilib, bajarilishi nazoratga olindi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram