PENSIYA TO'G'RISIDA 5 TA KERAKLI VA MUHIM MA'LUMOT
2023-08-24 15:00:50 2141
O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Yоshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.
Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarga ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha) ish haqi olinadi.
Quvasoy shahar Adliya bo’limi
Yu.X.K.M. boshyuriskonsulti: Ermatov.R.I.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram