UCH AVLOD UCHRASHUVI
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/4d0dd2109492e84b962ff.jpg)
2022-12-19 15:50:27 201
![](https://telegra.ph/file/4d0dd2109492e84b962ff.jpg)
Joriy yilning 19 dekabr kuni shahrimizdagi “Doʻstlik” tantanalar majmuasida Quvasoy shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bosh gʻoya asosida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
![](https://telegra.ph/file/5cdb4d7631c8730bd45bb.jpg)
Tadbirda Fargʻona viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining Nuroniylar boʻyicha maslahatchisi Zokirjon Raxmonov, shuningdek, Quvasoy shahar hokimi oʻrinbosarlari, Mahalla va Nuroniylar qullab-quvvatlash shahar boʻlimi, Keng jamoatchilik vakillari, MFY raislari, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida chempionlikni qoʻlga kiritgan bir qator sport chempionlari, Keksa avlod vakillari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/ba1d50e4072a56e01da3a.jpg)
Tadbirda soʻz olgan Fargʻona viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining Nuroniylar boʻyicha maslahatchisi tomonidan 30 nafar keksa avlod vakillari hamda yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/e6af99d139801d1d9e22d.jpg)
Tadbirga oʻzgacha shukuh ulashish maqsadida shahar Madaniyat boʻlimi xavaskor xonandalari tomonidan goʻzal kuy va qoʻshiqlar yangradi. Bu esa tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat ulashildi.
![](https://telegra.ph/file/7967fcdc2afd313933bd4.jpg)
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram