Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 104 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYNING “SEMENTCHI” JAMOASI FUTBOLCHILARI BIRINCHI LIGA YOʻLLANMASINI QOʻLGA KIRITDILAR!

×

 2022-12-19 14:44:24    185

PDF юклаш
Чоп этиш


5-14 dekabr kunlari Buxoro shahrida futbol boʻyicha havaskor va yarim professional jamoalar oʻrtasida 2022 yilgi viloyatlar, Toshkent shahar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiliklari gʻoliblari oʻrtasida birinchi ligaga oʻtish turniri yakunlandi.


Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Quvasoyning “Sementchi” jamoasi futbolchilari, guruh saralash bahslarida zafar quchib, chorak finalda “Sergeli”, yarim finalda “Jizzax” jamoalari ustidan gʻalaba qozondilar. Finalga yuksalgan quvasoyliklar reglamentga koʻra, 2023 yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionati birinchi ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.


Ikkinchi yoʻllanma sohibi Buxoroning “Nurafshon” jamoasi bilan oʻtkazilgan final uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar boʻyicha buxoroliklar ustun keldilar.


Eslatib oʻtamiz, Birinchi ligada oʻtgan mavsumdan beri Oltiariqning “Doʻstlik” jamoasi ham ishtirok etib keladi.




Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram