Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 75 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2022-YIL 31-MARTDAGI “XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI OʻRGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI 145-SONLI QARORI IJROSI.

×

 2022-11-01 09:47:18    180

PDF юклаш
Чоп этиш


     Joriy yilning 31-oktyabr kuni Quvasoy shahar XTB tasarrufidagi 2-umumtaʼlim maktabi binosida Fargʻona viloyat sudining sudyalari M.Musaxanova hamda M.Ummatova, shuningdek Quvasoy shahar hokimi oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi, shahar otinoyisi, Adliya boʻlimi hamda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 145-sonli qarori hamda Oliy sudning 2022-yil 23-apreldagi MIB-61/22-sonli topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul oʻtkazildi. 

    Shuningdek, sudyalar tomonidan sayyor qabul davom ettirilib, Quvasoy shahar 29-umumtaʼlim maktabi binosida shu hududga qarashli “Ziynat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatildi. 

     Sayyor qabulda sudyalar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 45 nafardan ortiq xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.




Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram