YО‘L BELGILARINI О‘RNATISH TО‘G‘RISIDA
2022-05-18 15:13:21 211
О‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi “Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi О‘RQ-348-sonli (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda) qonuni va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yо‘l harakati qoidalarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 172-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Quvasoy shahar IIB DYHXG raxbari V.Mamajonovning 2022-yil 7-aprel kungi Quvasoy shahar Mustaqillik ko‘chasining 2 km dan 2.5 km gacha bo‘lgan masofada 3.27 “To‘xtash ta’qiqlanadi” yo‘l belgisi hamda 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidagi mavjud 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilariga qo‘shimcha 1.31 “Sun’iy notekislik” yo‘l belgilarini о‘rnatish maqsadida shahar hokimligining qaror loyihasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi 613-sonli aloqa xati hamda О‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati tо‘g‘risida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
1. Quvasoy shahar IIB DYHXG raxbari V.Mamajonovning 2022-yil 7-aprel kungi Quvasoy shahar Mustaqillik ko‘chasining 2 km dan 2.5 km gacha bo‘lgan masofada 3.27 “To‘xtash ta’qiqlanadi” yo‘l belgisi hamda 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidagi mavjud 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilariga qo‘shimcha 1.31 “Sun’iy notekislik” yo‘l belgilarini о‘rnatish tо‘g‘risidagi 613-sonli aloqa xati qanoatlantirilsin.
2. Quvasoy shahar Mustaqillik ko‘chasining 2 km dan 2.5 km gacha bo‘lgan masofada 3.27 “To‘xtash ta’qiqlanadi” yo‘l belgisi hamda 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidagi mavjud 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilariga qo‘shimcha 1.31 “Sun’iy notekislik” yo‘l belgilarini о‘rnatilsin.
3. “Quvasoy yо‘llardan foydalanish” unitar korxonasi (Karimov)ga ushbu yо‘l belgilarini о‘rnatish chorasini kо‘rsin.
4. Quvasoy shahar IIB YHXG (Mamajonov)ga transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun ushbu yо‘l belgilariga rioya qilinishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
5. Shahar hokimligi axborot xizmati Z.Abdullajonov, “Isfayram” rо‘znomasi muxarriri О‘.Karimovalarga mazkur qaror loyihasini shahar hokimligining “Isfayram” gazetasida nashr etilishini va shahar hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilishini tashkillashtirsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining о‘rinbosari Sh.Tursunbayev zimmasiga yuklatilsin.
7. Qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Quvasoy shahar hokimi Z.K.To'rakulov
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram