Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 15 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

YО‘L BELGILARINI О‘RNATISH TО‘G‘RISIDA

×

 2022-05-18 15:02:09    250

PDF юклаш
Чоп этиш


О‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi “Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi О‘RQ-348-sonli (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda) qonuni va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12-apreldagi “Yо‘l harakati qoidalarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 172-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Quvasoy shahar IIB DYHXG raxbari V.Mamajonovning 2022-yil 7-aprel kungi 4P-204 “Farg‘ona xalqasi-Sufon” avtomobil yо‘lining 6,3 km dan 7,9 km gacha, 12 km oralig‘idan 13,7 km gacha va 15,3 km dan 17.5 km gacha hamda 4K – 843 “Qobulbek-Lashkar-Valik” avtomobil yо‘lining 0-0.5 km oralig‘iga 3.24 (50) “Yuqori tezlik cheklangan” yо‘l belgilarini о‘rnatish maqsadida shahar hokimligining qaror loyihasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi 611-sonli aloqa xati hamda О‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati tо‘g‘risida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan,

 

QAROR  QILAMAN:

 

1. Quvasoy shahar IIB DYHXG raxbari V.Mamajonovning 2022-yil 7-aprel kungi 4P-204 “Farg‘ona xalqasi-Sufon” avtomobil yо‘lining 6,3 km dan 7,9 kmgacha, 12 km oralig‘idan 13,7 km gacha va 15,3 km dan 17.5 km gacha hamda 4K – 843 “Qobulbek-Lashkar-Valik” avtomobil yо‘lining 0-0.5 km oralig‘iga 3.24 (50) “Yuqori tezlik cheklangan” yо‘l belgilarini о‘rnatish tо‘g‘risidagi 611-sonli aloqa xati qanoatlantirilsin.

2. 4P-204 “Farg‘ona xalqasi-Sufon” avtomobil yо‘lining 6,3 km dan 7,9 kmgacha, 12 km oralig‘idan 13,7 km gacha va 15,3 km dan 17.5 km gacha hamda 4K – 843 “Qobulbek-Lashkar-Valik” avtomobil yо‘lining 0-0.5 km oralig‘iga 3.24 (50) “Yuqori tezlik cheklangan” yо‘l belgilarini о‘rnatilsin.

3. “Quvasoy yо‘llardan foydalanish” unitar korxonasi (Karimov)ga ushbu yо‘l belgilarini о‘rnatish chorasini kо‘rsin.

4. Quvasoy shahar IIB YHXG (Mamajonov)ga transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun ushbu yо‘l belgilariga rioya qilinishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.

5. Shahar hokimligi axborot xizmati Z.Abdullajonov, “Isfayram” rо‘znomasi muxarriri О‘.Karimovalarga mazkur qaror loyihasini shahar hokimligining “Isfayram” gazetasida nashr etilishini va shahar hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilishini tashkillashtirsin.

6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining о‘rinbosari Sh.Tursunbayev zimmasiga yuklatilsin.

7. Qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Quvasoy shahar hokimi Z.K.To'rakulov




Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram