Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHAR HUDUDIDA 2022 YILDA UMUMFOYDALANISHDAGI VA ICHKI XOʻJALIK YOʻLLARIDA OLIB BORILGAN QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

×

 2023-01-05 17:00:50    136

PDF yuklash
Chop etish


Korxona tasarrufida boʻlgan 168 km masofadagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida jami 2 929,4 mln.soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari olib borilib, reja 100%ga bajarildi. (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 2 329,4 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 600,0 mln.soʻm).


Umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida jami 2 156,5 mln.soʻmlik saqlov ishlari olib borish koʻzda tutilgan (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 618,2 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 1 538,3 mln.soʻm.) boʻlib, bugungi kunga qadar 1 827,8 mln.soʻmlik saqlov ishlari olib borildi. (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 532,1 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 1295,7 mln.soʻm.)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori doirasida, Quvasoy yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tasarrufidagi avtomobil yoʻllarida 40 dona yoʻl belgilarini yangidan oʻrnatildi, 245 dona mavjud eskirgan yoʻl belgilari oʻrniga zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilariga almashtirildi. 22 dona yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish va yoʻl belgilarini oʻrnatish yuzasidan yoʻl belgi korxonasiga talabnomalar berildi, 55,5 km yoʻl yotiq chiziqlari chizildi.


Shahardagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joylashgan 

20, 21, 24 va 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari oldiga harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida sunʼiy notekislik barpo qilindi.


1,5,6,9,10,11,12,13,14,17,20,21,22,24,25,27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda 90-sonli Maxsus maktab va Xuvaydo MFY Shifokorlar koʻchasidagi “INTELLEKT” xususiy maktabi, shuningdek, Lashkar MFY hududida joylashgan “Bolalar dam olish maskani” oldiga 3.24 “Yuqori tezlikni cheklash” (30) yoʻl belgilari oʻrnatilib, 1.14 yoʻl yotiq chizigʻi (Piyodalar oʻtish joyi) 5.16.2 “Piyodalar oʻtish joyi” yoʻl belgilari zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilari oʻrnatildi.


4r-142 “Quvasoy-Arsif” avtomobil yoʻlining 8,0 km qismida, 

4n-844 “Quvasoy-Polmon” avtomobil yoʻlining 3,0 km qismida asfaltlashtirish ishlari olib borildi va 4r-204 “Fargʻona xalqasi-Sufon”, 4k-843 “Qobilbek-Lashkar-Valik” avtomobil yoʻllaridagi chuqur-chanoqlar (yamochniy) taʼmirlanib yoʻlning xolati yaxshilandi va harakat xavfsizligi taʼminlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram