Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYATI HOKIMINING QARORI:

×

 2021-12-03 15:24:18    183

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimining qarori: Ijtimoiy soha muassasalariga ajratilgan byudjet mablag’larini talon-taroj qilinishini oldini olish, muassasalarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va sog’lom ovqatlantirish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida “autsorsing” yoki “keytering” tizimlari joriy qilinadi


Farg’ona viloyati hokimining 2021 yil 24 noyabrdagi 150-11-0-Q/21-sonli “Viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarida sog’lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarida sog’lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida shahar va tumanlardagi muayyan muassasalarda tajriba-sinov tariqasida “autsorsing” yoki “keytering” tizimlari joriy qilinadi.


Mazkur qaror viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalariga ajratilgan byudjet mablag’larini talon-taroj qilinishini oldini olish, muassasalarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va sog’lom ovqatlantirish tizimini yo’lga qo’yish, bunda autsorsing usulida sog’lom ovqatlantirish hamda maxsus joylarda tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish maqsadida qabul qilindi.


Qaror bilan viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarida sog’lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida muassasalarda tajriba-sinov tariqasida “autsorsing” yoki “keytering” usullarini joriy qilish bo’yicha viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev rahbarligidagi viloyat tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.


Viloyat tanlov komissiyasi tajriba-sinov tariqasida “autsorsing” yoki “keytering” tizimlari joriy qilinishi ko’zda tutilgan muassasalarda mavjud kontingentlarni fiziologik holatiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga qo’yiladigan talablar hamda ularni ratsional kunlik ovqatlantirish me'yorlari belgilanganligidan kelib chiqib, oshkoralik, mablag’larning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida tanlov o’tkazish orqali salohiyatli tadbirkorlik sub'ektlarini aniqlashi hamda qisqa muddatlarda mazkur tizim joriy etilishini ta'minlashi belgilab qo’yildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram