Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-01-24 21:38:44    208

PDF yuklash
Chop etish


“Antikorruz” ijtimoiy telegram tarmog’i orqali Farg’ona viloyati Quvasoy shahar Mirzolar qishlog’i Muyan MFY 67-xonadonda ijarada yashovchi Komilova Dilobar, uzoq muddatli kreditlarga Quvasoy shahrida qurilayotgan ko’p qavatli uylardan olish bo’yicha qilgan murojaati yuzasidan Quvasoy shahar hokimligi Matbuot xizmatining rasmiy munosabati.

 

Murojaat bo’yicha D.Komilovaning xonadoniga shahar xokimi To’rakulov Zafarjon, hokimning xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Ubaydullayeva Nigoraxon, Muyan MFY raisi, mahalla faollari tashrif buyurishganda, haqiqatdan ham fuqaro Quvasoy shahar Mirzolar qishlog’i Muyan MFY Oltinvodiy ko’chasi 67-xonadoniga 2010 yilda Quva tumanidan fuqaro Imarov Dilshodbekka turmushga chiqqanligi aniqlandi.

 

- D.Komilova qayinonasi Imarova Gulnoraxon bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli turmush o’rtog’i D.Imarov bilan birgalikda o’zlari xonadondan chiqib ketishganligini ta'kidladi. Hozirgi kunda ijarada turganligi sababli doimiy uy-joy qilish maqsadida ipateka banklari orqali uzoq muddatli yangi xonadonlardan olishi hamda boshlang’ich to’loviga subsidiya ajratilishini ma'lum qildi.

 

Murojaatchiga o’zi istagan yangi qurilayotgan ko’p qavatli uylardan subsidiya orqali ipateka kredit olish shartlari tushuntirildi hamda shahar hokimi Z.To’rakulov tomonidan tijorat bank rahbarlariga ko’rsatma va topshiriqlar berdi.

D.Komilovaning qayinonasi G.Imarova bilan suhbatlashilganda, shu ma'lum bo’ldiki D.Imarov yolg’iz o’g’il farzandligi uy-joyga muhtojlik yo’qligi, 10 sotixli xonadonda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsada, o’zlari ixtiyoriy o’zboshimchalik bilan onasini tashlab alohida ko’chib chiqib ketganligi, shu sababli ko’p yillardan buyon oilaviy kelishmovchilik borligi, farzandlari bilan yaqin munosabatlari yo’qligi, shunday bo’lsada o’zi istiqomat qilayotgan Quvasoy shahar Mirzolar qishlog’i Oltinvodiy ko’chasi 67 uy sotuvga qo’yilganligi, sotilsa o’ziga hamda o’g’li D.Imarovga alohidadan uy sotib olib berish niyatida ekanligini aytdi.

 

Suhbat davomida D.Komilova murojaati yuzasidan qoniqish hosil qilganligini ta'kidladi.

 

Quvasoy shahar hokimligi

Matbuot xizmati 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram