Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH

×

 2022-01-24 22:40:27    136

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiya so’zi - lotincha «pora berib sotib olish» ma'nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korruptsiya jinoyat qonunchiligida o’zi mustaqil jinoyat tarkibi bo’lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste'mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.

Ta'kidlash lozimki, korruptsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta'minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korruptsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo’lgan ishonchi yo’qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.

Shuning uchun ham demokratik davlatlar korruptsiyani rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifatida tan olib, bu borada tizimli ravishda ish olib borishni o’zlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar.

Bu borada 2003 yil 31 oktyabrda BMTning Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi qabul qilingan bo’lib, unga 160 dan ortiq davlat a'zo bo’lgan. Bundan tashqari, aynan shu yo’nalishda mintaqaviy xalqaro hujjatlarga imzo chekildi. Masalan, 1996 yilda Amerikaaro davlatlar tashkilotining Amerikaaro korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi qabul qilindi. 1976 yil YEvropa Ittifoqining YEvropa hamjamiyatlari va YEvropa a'zo davlatlari mansabdor shaxslariga taalluqli korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi ish boshladi. 1999 yil YEvropa Ittifoqi Ministrlar Kengashining «Korruptsiya uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida»gi Konventsiyasi amalga joriy etildi. 2003 yilda Afrika Ittifoqining «Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash» Konventsiyasi hayotga tatbiq etildi.

Eng asosiy talab sifatida, Konventsiyaning 11-moddasida sud idoralari, prokuratura, ichki ishlar idoralarining halolligini, ular orasida korruptsiyaga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish darkorligini,

16-moddasida esa korruptsiyaga qarshi kurashda davlat idoralari bilan bir qatorda jamoatchilikning keng ishtiroki, ya'ni fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta'minlash maqsadga muvofiqligi mustahkamlab qo’yilgan. Mazkur talablarni bajarish maqsadida huquqni muhofaza etuvchi va sud idoralarida ichki nazorat tashkil etilishi bilan bir qatorda, belgilangan tartibda ularni shahodatlashdan o’tkazish, ma'lum muddatdagi faoliyatni tekshirish tizimi o’rnatilishi, mazkur idoralar xodimlari tomonidan qonunning nechog’lik bajarilayotganligini nazorat etish bo’yicha Adliya Vazirligi va uning quyi tizimlarida tegishli boshqarma va bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Konventsiya mazmuniga ko’ra, mansabdor shaxslarning o’z xizmat vazifalarini suiiste'mol qilish natijasida (19-modda), noqonuniy boyish (17-, 20-moddalar), qonuniy daromadlarini o’zlashtirishga qarshi qat'iy surishtiruv, tergov va jazo choralarini ko’rishni (22-, 25-modda) zaruriy shart qilib qo’yadi.

Shu bilan bir qatorda, Konventsiyada ba'zi holatlar majburiy ravishda jinoiy jazo tayinlanadigan xatti-harakatlar sifatida qayd etiladi. Masalan, poraxo’rlik davlat hokimiyati vakillari tomonidan sodir etilganda (15-modda) jinoiy javobgarlikka tortiladi, poraxo’rlik chet ellik mansabdor shaxslar va xorijiy xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilganda (16-modda) jazo belgilanadi, mansabdor shaxslar tomonidan mulkni noqonuniy o’zlashtirish yoki boshqa maqsadlarda ishlatib yuborilganda (17-modda) qonun doirasida ish qo’zg’atiladi, jinoyatlardan olingan daromadlar qonuniylashtirilganda (23-modda) va odil sudlovni amalga oshirishga qarshilik qilinganda (25-modda) belgilangan jazo choralari ko’riladi.

Bunday jazo choralari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210, 212, 167, 205, 243, 236-moddalarida o’z ifodasini topgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 210-212-moddalari uchun javobgarlikning kuchaytirilishi shular jumlasiga kiradi.

Yuqorida nomi zikr etilgan qonunlarda asosiy maqsad va korruptsion muhitni bartaraf qiladigan qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni qo’llash amaliyotining keng tatbiq etilishi quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:

Birinchidan, korruptsiyaga olib boruvchi sabab va korruptsion muhitni bartaraf qiladigan qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni qo’llash amaliyoti keng tatbiq etiladi;

Alohida e'tirof etish lozimki, qonunga binoan, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi endilikda nafaqat pora oluvchi mansabdor shaxslar, balki pora berishga qiziqtirgan, vositachilik qilganlarni ham javobgarlikka tortish masalasini kuchaytirish bilan bir qatorda, bu kabi jinoyatlar bo’yicha ba'zi nopok shaxslarning o’z shaxsiy maqsadlariga erishish uchun halol va qonunga itoat etuvchi to’g’ri so’z mansabdor shaxslarning ba'zilari ustidan riyokorona tuhmatlar uyushtirilishining oldi olinadi. Inson huquq va erkinliklarining himoya etilishini yangi bosqichga ko’taradi va qonuniylik printsipining mustahkamlanishiga xizmat qilishi

 haqida o’z fikr muloxazalarini bildirib o’tdi.

         Bu borada yig’ilishga kelgan ota-onalardan farzandlarini, turmush o’rtog’ining har bir bosgan qadami qayerga yo’nalganligi, ularning yurish turishidagi o’zgarishni sezgan taqdirda darhol chora ko’rishi va hamkorlikda ularni nazorat qilishga chorladi.  

 

Jinoyat ishlari bo’yicha

Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram