Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QUVASOY UNIVERSAL BEST TEXTILE GROUP” KORXONASI RIVOJLANTIRILADI

×

 2021-12-26 18:42:08    230

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrining 1-sektor hududida ishsizlarni bandligini ta'minlash, kichik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o’rganish, xizmat ko’rsatish ob'ektlarni tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko’rish maqsadida bugun shahar hokimi Z.To’raqulov “QUVASOY UNIVERSAL BEST TEXTILE GROUP” MChJ shaklidagi qo’shma korxonasiga tashrif buyurdi va turkiyalik investorlar bilan tekstil sohasini rivojlantirish borasida muloqot olib bordi.

Shahar hokimi korxonada ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, va ishchi fuqarolar bilan xam suxbatlashdi. 

Uchrashuv yakunida shahar hokimi Z.To’raqulov korxonani yanada kengaytirish va maxsulot xajmini oshirish borasida tadbirkorlarga o’z taklif va tavsiyalarini bildirish bilan birga ular tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab va pul-kredit bilan bog’liq masalalarni ijobiy xal etish bo’yicha ma'sullarga zaruriy topshiriqlar berdi.

Quvasoy shahar hokimligi

Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram