Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish
Xizmat haqida:
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan xolda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish to‘g‘risida axborotlar
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Aloqa va axborot texnologiyalari
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Xususiy tadbirkor
Tashkilot:
Farg'ona viloyati hokimligi
Bog`lanish:
Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
2010 yilda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2011 yilga ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga kredit olish, xom-ashyo resurslariga, shuningdek davlat xaridlari tizimiga keng yo‘l ochib berishli zarurligini ta'kidlab o‘tdilar.
"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" davlat dasturida qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik asoslarini yaratish maqsadida joriy yilning 7 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1475-sonli "Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub'yektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2011 yilning 1 aprelidan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi ancha takomillashgan, kichik biznes sub'yektlariga ulushlar (kvotalar) ajratishni ko‘zda tutuvchi yangi tizim amalga kiritildi.
Tovar xom ashyo birjasi viloyat filiali davlat byudjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar hisobidan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli litsenziyalar ega yuqori malakali brokerlar byudjet tashkilotlar va tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchilarga xizmat qilib kelmoqda.
DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA
(O`zbõkiston Rõspublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2011 y., 14-son, 137-modda)
O`zbõkiston Rõspublikasi Prõzidõntining «Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznõs sub’õktlarini jalb etishni kõngaytirish to`g`risida» 2011 yil 7 fõvraldagi PQ-1475-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat xaridlari bo`yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to`g`risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O`zbõkiston rõspublika tovar-xom ashyo birjasida boshlang`ich narxni pasaytirish yuzasidan elõktron auktsion savdolarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O`zbõkiston Rõspublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbõkiston Rõspublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O`zbõkiston Rõspublikasi Bosh vaziri SH.MIRZIYOÕV
Toshkõnt sh.,
2011 yil 1 aprõl,
100-son
Yuklab olish uchun manba:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Ko'rib chiqilmoqda
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Ko'rib chiqilmoqda
Natijani olish usullari:
Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.
Xizmat natijasi:
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan xolda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish to‘g‘risida axborotlar taqdim etiladi
Rad etish sabablari:
- Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
- Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
- Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
- Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Ko'zda tutilmagan