Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO'ShALOQ MAROSIM

 2019-12-10 14:40:18    161

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 6-7 may kunlari viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash yuzasidan va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi arafasida Quvasoy shahridagi “Pakana” mahallasi hududida yangi korxona – kalava ip bo'yash yo'nalishidagi  “Ferteks” mas'uliyati cheklangan jamiyati korxonasining ochilish marosimi o'tkazildi. Marosim davomida uning ishtirokchilari mazkur yangi korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, va bu erda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.  

            Ochilish marosimi davomida shahardagi “Kvarts” AJ, “Ferganatsement” MChJ, “Quvasoyshifer xroztil”  MChJ, “Quvasoyta'mirqurilishg'isht” MChJ, “Farg'ona mukammal servis” MChJ, “Kvarts Agro” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining ko'rgazmali yarmarkasi ham tashkil etildi.   

            Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.