Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ShOIRGA EHTIROM

×

 2019-12-10 14:32:39    155

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridaiste'dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 110 yilliga bag'ishlangan xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash kerakki, respublikamizda birinchi bo'lib tashkil etilgan mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbir shoirning hali ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan insoniylik xislatlari, odamiylik va she'riyat bobidagi yangidan yangi ma'lumotlarga boy bo'ldi.

Anjumanni atoqli shoirning ibratli hayot yo'li va serqirra ijodi haqidagi ma'ruzasi bilan Quvasoy shahar hokimi A.Ziyavitdinov ochib berdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi mas'ul kotibi, O'zbekiston xalq shoirasi, senator E.Siddiqova yig'ilganlarni shoirning o'zbek adabiyoti ravnaqiga qo'shgan ulkan hissasi haqidagi so'zladi.

Shundan so'ng, tadbir qatnashchilari atoqli shoirning “Qo'chqorchi” mahalla fuqarolar yig'ini binosi hududida qad rostlagan haykali poyiga gulchambarlar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Marosim davomida so'zga chiqqan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.Yunusov, O'zbekiston qahramoni B.Temirov va boshqalar shoirning ibratli hayot yo'li, betakror ijodidagi hayotiy falsafa, emin-erkin hayotga bo'lgan ishonch, jumladan, atoqli shoira Zulfiya Isroilova bilan o'tkazgan umrguzaronliklari, badiiy ijod sohasidagi hamkorliklari haqida to'lqinlanib gapirishdi.

Mahalladagi “Zebiniso ona” tadbirlar majmuasida shoir qalamiga mansub ijod namunlari asosida tayyorlangan badiiy chiqishlar va sahna ko'rinishlari bilan yanada fayzli bo'ldi.

Shahar hokimligi, Farg'ona davlat universiteti professor-o'qituvchilari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, Farg'ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, shahar xalq ta'limi bo'limi va shahardagi 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoalari hamkorligida tashkil etilgan xotira marosimi uning har bir ishtirokchisida katta taassurotlar qoldirdi.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.