Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-09-30 14:53:05    21

PDF yuklash
Chop etish


 Â«Elektron hukumat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida 

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2016 y., 23-son, 269-modda)

O’zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to’g’risida»gi va «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda «O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin.

3. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb e’tirof etilsin.

5. Vazirliklar va idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2016 yil 3 iyun,

188-son

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga
1-ILOVA

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida» va «Elektron hukumat to’g’risida»gi qonunlariga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa tashkilotlar (keyingi o’rinlarda davlat organlari deb ataladi)ning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o’rinlarda Yagona portal deb ataladi), davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali elektron davlat xizmatlari ko’rsatishda jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o’rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomning amal qilishi davlat organlarining ariza beruvchilar bilan uzoqdan hamkorlik qilishini ta’minlovchi boshqa tizimlarga ham tatbiq etiladi.

2. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish quyidagilarga yo’naltirilgan:

butun mamlakat hududida ariza beruvchilar uchun elektron hukumat doirasida davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish;

ariza beruvchilar bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi tizimida «yagona darcha» printsipini joriy qilish;

davlat xizmatlari ko’rsatishning oshkora va umumfoydalanadigan mexanizmlarini yaratish, ularni ko’rsatish muddatlarini qisqartirish va ijro etish tartibini markazlashtirilgan holda nazorat qilish yo’li bilan davlat xizmatlari ko’rsatish sifatini oshirish;

davlat xizmatlari olishda aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlarining xarajatlarini qisqartirish.

II. Asosiy tushunchalar va atamalar

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:

so’rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko’rsatish uchun davlat organiga yuboriladigan talabi;

idoralararo elektron hamkorlik — davlat organlari o’rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish;

elektron davlat xizmati reglamenti — elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibi va unga qo’yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;

Elektron davlat xizmatlarining yagona reestri — Davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reestri tarkibida shakllantiriladigan hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilinadigan elektron davlat xizmatlarining to’liq ro’yxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni o’z ichiga olgan Internet tarmog’idagi ochiq va umumfoydalanadigan axborot resursi;

Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reestri — davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro’yxatini hamda qonun hujjatlariga muvofiq ular to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladigan Internet tarmog’idagi ochiq va umumfoydalanadigan axborot resursi;

Foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi (Yagona identifikatsiya qilish tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi;

Elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni ta’minlovchi, shuningdek Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi.

III. Elektron davlat xizmatlari tasnifi

4. Bir yoki bir nechta davlat xizmatini taqdim etish tartibotlari (ariza beruvchidan so’rovni qabul qilish tartiboti, so’rovni ko’rib chiqish va uni qayta ishlash tartibotlari, natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda elektron shaklda amalga oshirilganda davlat xizmati elektron hisoblanadi.

Davlat organlari barcha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibotlarini elektron shaklga o’tkazish choralarini ko’rishlari kerak.

5. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida bo’lishi mumkin.

6. Ariza beruvchilarning axborotga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarqatish yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmati axborot davlat xizmati hisoblanadi.

7. Ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organi o’rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmati interaktiv davlat xizmati hisoblanadi.

Interaktiv davlat xizmati tranzaktsiyali davlat xizmati shaklida amalga oshirilishi mumkin, uni ko’rsatishning barcha tartibotlari axborot tizimlaridan foydalanib amalga oshiriladi.

8. Natijasi ariza beruvchilarning huquqlarini tan olish, shakllantirish yoki to’xtatishga qaratilgan davlat xizmati asosiy hisoblanadi.

Asosiy davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari xizmatni ko’rsatish uchun zarur bo’lgan va davlat boshqa organlarining ixtiyorida bo’lgan ma’lumotlarni idoralararo elektron hamkorlik vositasida elektron shaklida olish choralarini ko’rishlari kerak.

9. Agar davlat xizmati ko’rsatish ariza beruvchilarning huquqlarini tan olish, shakllantirish, o’zgartirish yoki to’xtatishga qaratilmagan bo’lsa, uning natijasi esa boshqa davlat xizmati olish uchun zarur bo’lsa, bunday xizmat oraliq xizmat hisoblanadi.

Davlat organlarida saqlanadigan ma’lumotlar asosida berilgan ma’lumotnomalar, ko’chirmalar va boshqa hujjatlar oraliq davlat xizmatlariga kiradi.

Oraliq davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari o’z ixtiyorida saqlanadigan axborotni tuzish, uni elektron shaklga o’tkazish va idoralararo elektron hamkorlik vositasida undan foydalanishni ta’minlash choralarini ko’rishlari kerak.

10. Davlat xizmatlari pulli va bepul xizmatlarga bo’linadi.

Pulli davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari to’lovni hisobga olish va xizmatlardan foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (billing tizimlarini) yaratish, shuningdek to’lov tizimlaridan foydalanib onlayn-to’lov imkoniyatlarini amalga oshirish choralarini ko’rishlari kerak.

11. Qonun hujjatlariga muvofiq barcha davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari asosiy hisoblanadi. Asosiy elektron davlat xizmatlariga quyidagilar kiradi:

qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan davlat organlarining faoliyati to’g’risidagi axborot va boshqa axborot;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish;

rahbarlarning qabuliga yozilish.

12. Ariza beruvchilarning haqiqiyligini ta’minlash darajasi bo’yicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga bo’linadi:

past — shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar;

o’rta — haqiqiy shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar;

yuqori — ularni ko’rsatish uchun so’rovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar.

Davlat organlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi) bilan kelishuv bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini belgilaydi.

IV. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi

13. Elektron davlat xizmatlari foydalanish uchun qulay bo’lishi va ariza beruvchilarning ehtiyojlari hamda manfaatlariga mos kelishi kerak.

14. Davlat organlari ariza beruvchilarning elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini ta’minlaydi.

15. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli bo’lishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yo’q qilinishi, buzib ko’rsatilishi, blokirovka qilinishidan himoyalangan bo’lishi kerak.

16. Elektron davlat xizmati uchun so’rovni qabul qilish va unga javob yuborish Yagona portal, davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek davlat organlarining ariza beruvchilar bilan uzoqdan hamkorlik qilishini ta’minlovchi boshqa tizimlar orqali davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Elektron davlat xizmatini ko’rsatish uchun so’rovni ko’rib chiqish va qayta ishlash, uni ko’rsatish natijasini saqlash idoralararo va idoraviy axborot tizimlaridan, shu jumladan axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

17. Yagona portal va davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali yuboriladigan ariza beruvchilarning elektron shakldagi so’rovlarini ko’rib chiqish so’rovlari ariza beruvchi yoki uning vakilining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak.

18. Ariza beruvchi o’zining murojaatini ko’rib chiqish natijasi to’g’risidagi javobni olish shaklini tanlash huquqiga ega.

Ariza beruvchi so’rovda javobni elektron shaklda yuborish talabini ko’rsatgan taqdirda murojaatga yuborilgan javob davlat organi rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

19. Davlat organlarining elektron davlat xizmatlari ko’rsatish davomida foydalaniladigan axborot tizimlari elektron hukumatning infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan bo’lishi va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak.

20. Elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibi va unga qo’yiladigan talablar elektron davlat xizmatining reglamentida belgilanadi.

Elektron davlat xizmati reglamenti Vazirlik bilan kelishuvga ko’ra davlat xizmatini ko’rsatish natijasini taqdim etuvchi davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi.

21. Elektron davlat xizmati reglamenti:

elektron davlat xizmati ko’rsatish jarayonida bir nechta davlat organlari ishtirok etgan taqdirda — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

ariza beruvchidan so’rovni qabul qilish, so’rovni ko’rib chiqish va qayta ishlash, natijani saqlash va javob yuborish bitta davlat organi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda — tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.

22. Elektron davlat xizmati reglamenti tartibi belgilanayotgan davlat xizmatlarining nomlari to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olishi, shuningdek uni ko’rsatish barcha tartibotlarini, jumladan quyidagilarni tavsiflashi:

a) ariza beruvchidan so’rovni qabul qilish tartiboti qismida:

elektron davlat xizmati ko’rsatiladigan shaxslar toifasi;

so’rovni berish usuli;

so’rovda ko’rsatiladigan ma’lumotlar (arizadagi ma’lumotlar ro’yxati, ariza blankasi);

so’rov elektron shaklda berilganda ariza beruvchi haqiqiyligining talab qilinadigan darajasi;

elektron davlat xizmati ko’rsatish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro’yxati va namunalari;

b) so’rovni ko’rib chiqish va qayta ishlash tartibotlari qismida:

elektron davlat xizmati ko’rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik yo’li bilan olinadigan ma’lumotlar ro’yxati va tarkibi hamda ularni taqdim etuvchi (oluvchi) davlat organlari;

so’rovni ko’rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari va usuli, axborot tizimidan foydalanilgan taqdirda — uning Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reestridagi nomi va raqami;

so’rovni ko’rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari;

xizmat pulli bo’lgan taqdirda — uni ko’rsatish narxi va onlayn-to’lovning mavjudligi;

v) natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti qismida:

davlat xizmati ko’rsatish natijasini saqlash usuli va turi;

davlat xizmati ko’rsatish natijasini taqdim etish shakli;

davlat xizmati ko’rsatilishini rad etish uchun asoslar.

23. Elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrida ro’yxatga olinadi.

V. Yagona portal va davlat organlarining rasmiy veb-saytlari

24. Yagona portal davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlaridan yagona foydalana olish manbai hisoblanadi. Yagona portal elektron davlat xizmatlari olish uchun ariza beruvchilar uchun sharoitlar yaratish va imkoniyatlarni kengaytirish uchun mo’ljallangan.

25. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari tegishli davlat organlarining elektron davlat xizmatlaridan yagona foydalana olish manbai hisoblanadi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritiladi.

Tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yo’li bilan Yagona portalda mavjud bo’lgan elektron davlat xizmatini davlat organlarining rasmiy veb-saytiga joriy qilishga yo’l qo’yiladi.

26. Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham bo’lishi mumkin.

27. Yagona portalni texnik kuzatish Vazirlik huzuridagi «O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

28. Yagona portalning axborot va metodologik kuzatuvi Vazirlik huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

29. Davlat organlari rasmiy veb-saytlarining axborot-texnik kuzatuvi tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

30. Yagona portalning asosiy vazifalari:

elektron davlat xizmatlarining ro’yxatini, shuningdek ularni taqdim etish tartibini e’lon qilish;

elektron davlat xizmatlari olish uchun zarur bo’lgan arizalarni va boshqa hujjatlarni ariza beruvchilardan elektron shaklda qabul qilish;

davlat organlari uchun elektron shaklda olingan arizalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratish va natijani ariza beruvchiga yuborish;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatishga so’rovlarni qabul qilish, idoraviy axborot tizimlariga uzatish, ular bo’yicha natijalarni olish va ariza beruvchilarga taqdim etish;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatish holatini kuzatish;

elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;

asosiy davlat xizmatlari ko’rsatish;

ariza beruvchilarning so’rovlarini hisobga olish, shuningdek davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarining o’z vaqtida va sifatli taqdim etilishi monitoringini amalga oshirish.

31. Ariza beruvchilarning Yagona portaldan foydalana olishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Yagona identifikatsiya qilish tizimi vositasida amalga oshiriladi.

VI. Elektron hujjatlar repozitoriysi

32. Davlat organlaridan olingan ma’lumotlar asosida elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasi elektron hujjat shaklida taqdim etilishi mumkin.

Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlar Elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.

33. Elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadigan elektron hujjatlar belgilangan tartibda shakllantiriladi va quyidagi rekvizitlarga ega bo’ladi:

davlat organi mas’ul shaxsining F.I.O, lavozimi va elektron raqamli imzosi;

davlat organining nomi, pochta va elektron manzili;

elektron hujjat yaratilgan sana;

zarur bo’lganda, elektron hujjatning amal qilish muddati;

elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasida olingan ma’lumotlar;

elektron hujjatning noyob identifikatsiya raqami.

34. Yagona portal elektron hujjatning qog’ozli manbadagi nusxalarini shakllantirish imkonini beradi.

Elektron hujjatning qog’ozli manbadagi nusxasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

elektron davlat xizmati ko’rsatuvchi davlat organining nomi, pochta va elektron manzili;

elektron hujjat yaratilgan sana;

zarur bo’lganda, elektron hujjatning amal qilish muddati;

elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasida olingan ma’lumotlar;

elektron hujjatning noyob identifikatsiya raqami;

hujjatning haqiqiyligini tekshirish uchun axborot joylashgan mashina o’qiy oladigan zona.

35. Elektron hujjatlarning qog’ozli manbadagi nusxalari davlat xizmatlari olish uchun an’anaviy so’rovda ularni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etish uchun mo’ljallangan (shaxsan kelib, pochta yoki faksimil aloqa orqali).

36. Davlat organlari Yagona portalga elektron hujjatning noyob identifikatsiya raqamini kiritish yo’li bilan yoki mashina o’qiy oladigan zonadagi axborot orqali ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qog’ozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular bo’yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

37. Davlat organlari idoraviy axborot tizimlaridan taqdim etiladigan axborotning haqiqiyligi va dolzarbligini ta’minlaydi.

38. Vazirlik Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlardagi axborotning buzib ko’rsatilishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’radi va idoraviy axborot tizimlaridan olingan elektron shakldagi axborotning muvofiqligini ta’minlaydi.

39. Elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlangan.

VII. Yakunlovchi qoidalar

40. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

41. Davlat organlarining rahbarlari elektron xizmatlar ko’rsatilishini asossiz rad etish va ularning sifatsiz taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi.

42. Ariza beruvchilar noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etganligi, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish uchun tuhmat va haqoratlardan iborat so’rovlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga
2-ILOVA

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to’g’risidagi axborotni tarqatish, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o’rinlarda davlat organlari deb ataladi) faoliyatini keng yoritish, shuningdek davlat organlari faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish, fuqarolarning qonun ijodkorligi faoliyatiga va davlat boshqaruviga jalb etilishi holatini hamda elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini (keyingi o’rinlarda Portal deb ataladi) va uning doirasida faoliyat yurituvchi boshqa axborot resurslarini (veb-saytlarni) yaratish, rivojlantirish, tizimli qo’llab-quvvatlash va axborot bilan ta’minlash bo’yicha umumiy talablarni belgilaydi.

2. Portal:

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining Internet tarmog’idagi rasmiy davlat axborot resursi;

davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.

II. Portalning maqsadlari

3. Quyidagilar Portalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:

davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish uchun mo’ljallangan ixtisoslashgan axborot tizimini yaratish;

tegishli axborot resurslarini yaratish va joylashtirish yo’li bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O’zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to’g’risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;

davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko’maklashish;

aholini ularning tegishli davlat organlari bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari to’g’risida xabardor qilish;

axborotni ayirboshlash va tarqatish tezkorligi hamda davlat organlarining xabardorligi darajasining o’sishi hisobiga davlat organlari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko’maklashish;

tashkilotlar faoliyati to’g’risida axborot olish huquqi kafolatlarini ta’minlash;

ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish hisobiga davlat organlari ishlarining oshkoraligini ta’minlash;

normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasida qatnashishi yo’li bilan davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash;

axborotning idoralararo elektron almashinuvini unifikatsiyalash.

III. Portaldagi axborotning mazmuniga qo’yiladigan talablar

4. Quyidagilar to’g’risidagi axborotning mavjud va ishonchli bo’lishi Portaldagi axborotning mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to’g’risida;

respublikaning davlat tuzilishi tarkibi, respublikaning davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy boshqaruv institutlari to’g’risida;

davlat organlarining faoliyati, shuningdek tuzilmasi, vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va aloqalari to’g’risida;

yuridik va jismoniy shaxslar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoki olish shartlari, shakllari, blankalari, tartibi va tartibotlari to’g’risida;

ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari to’g’risida;

davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi to’g’risida;

mamlakatdagi muhim voqealar to’g’risida, fotoarxiv, davlat organlarining turli tuzilmalaridan olingan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarning qisqacha mazmuni;

davlat organlarining ochiq ma’lumotlari to’g’risida;

aholi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan muhokama etilishi va takliflar kiritilishi maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida;

boshqa umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar to’g’risida.

IV. Portalni axborot bilan ta’minlashni tashkil etish tartibi

5. Quyidagilar Portalga joylashtirish uchun axborot manbalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo’yicha axborot-tahlil departamenti, davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborot;

ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalaridan olinadigan axborot;

davlat organlarining Portalda majburiy e’lon qilinishi kerak bo’lgan ochiq ma’lumotlari to’plamlarining ro’yxatiga asosan axborot;

qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa manbalar.

6. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot tarkibida O’zbekiston Respublikasining davlat siri bo’lgan ma’lumotlar yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa ma’lumotlar bo’lmasligi kerak.

Davlat organlarining axborot materiallarini Portalda joylashtirishga ruxsatni rahbar yoki rahbar tomonidan o’rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs beradi.

7. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot dolzarb, ishonchli, yaxlit, mavzuli bloklar bo’yicha aniq tarkibga ega va taqsimlangan bo’lishi kerak.

8. Portaldagi axborot O’zbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Portal axborotning rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalariga ega bo’lishi mumkin.

V. Portal ishini tashkil etish

9. Portal ishlashiga texnik xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tuzilmasida yaratilgan Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi (keyin o’rinlarda Guruh deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Portal doirasida ishlaydigan axborot resurslari (veb-saytlar)ni texnik kuzatib borish va axborot bilan ta’minlash bo’yicha mas’ul davlat organlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori bilan belgilanadi.

10. Quyidagilar Guruhning asosiy vazifalari va funktsiyalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti hamda boshqa davlat organlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda e’lon qilish;

«O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazining boshqa bo’linmalari bilan uzviy hamkorlikda Portalning axborot xavfsizligini va uzluksiz faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;

davlat organlariga ular o’rtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida elektron-axborot bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarida ko’maklashish;

Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Portal vositasida ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro’yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;

davlat organlari ochiq ma’lumotlari to’plamlarining ro’yxatini kengaytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;

aholi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan muhokama qilish va keyinchalik takliflar kiritish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;

Portal, davlat organlarining axborot resurslari, Portalni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari to’g’risida bosma materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, bu haqda teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish;

Portalda yoritish maqsadida tadbirlarda (tashkilotlarning matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hay’at majlislari, o’quv seminarlari va shu kabilarda) ishtirok etish;

Portal faoliyati to’g’risida jamoatchilik, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari va Internet tarmog’ining boshqa foydalanuvchilari fikr-mulohazalarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlar olib borish;

Portal va uning doirasida ishlaydigan boshqa axborot resurslari (veb-saytlar)ga texnik xizmat ko’rsatish;

davlat organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumot ishlarini olib borish uchun Guruh faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashgan bankini yaratish.

11. Guruh quyidagilarga majbur:

O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to’g’risidagi davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotni qayta ishlash, tahlil qilish va yagona formatda umumlashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan taqdim etilgan axborotni davlat tilida, shuningdek, mavjud bo’lganda rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalarini bir kun muddatdan kechiktirmay Portalda joylashtirish;

Portalda davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan qonun hujjatlarining belgilangan talablariga muvofiq taqdim etiladigan axborot materiallarini joriy holatda joylashtirish;

aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga elektron xizmatlar ko’rsatish bo’yicha texnikaviy ishlarni amalga oshirish;

aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan muhokama qilish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini takomillashtirish;

Portalda ularning ishlarini yoritish maqsadida tadbirlarda (davlat organlarining matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hay’at majlislari, o’quv seminarlari va shu kabilar) muntazam ishtirok etish;

taqdim etilgan va shakllantirilgan axborotni uzatish, qayta ishlash, e’lon qilish va saqlash jarayonida uning yaxlitligini saqlash;

Internet tarmog’i foydalanuvchilari uchun Portaldan uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlash;

Portalni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha ushbu Nizomga zid bo’lmagan tadbirlarni, shu jumladan texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish;

Internet tarmog’i foydalanuvchilari tomonidan Portalning zarurligi va samaradorligi to’g’risida jamoatchilik fikr-mulohazalarini o’rganish asosida ko’rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini yaxshilash bo’yicha takliflarni shakllantirish;

Portal faoliyatini va ko’rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritish.

VI. Javobgarlik

12. Guruh axborotning Hukumat portalida va uning doirasida amal qiluvchi boshqa axborot resurslarida (veb-saytlarda) o’z vaqtida joylashtirilishi, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo’ladi.

13. Qonun hujjatlariga muvofiq Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi, mazmuni va o’z vaqtida taqdim etilishi uchun tegishli tashkilotlar javobgar bo’ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga
3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «O’zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazining Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhining

TAShKILIY TUZILMASI


Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga
4-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizomda:

a) 14-band «a» kichik bandining ikkinchi xatboshiga «bank muassasasidagi hisob raqami» so’zlaridan keyin «zarurat bo’lganda elektron manzili» so’zlari qo’shilsin;

b) 16-banddagi «axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali» so’zlari «axborot tizimlari orqali» so’zlari bilan almashtirilsin;

v) 31-bandning o’n beshinchi xatboshiga «ommaviy axborot vositalari» so’zlaridan keyin «litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sayti» so’zlari qo’shilsin;

g) 37-banddagi «axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan» so’zlari «axborot tizimlari orqali elektron shaklda» so’zlari bilan almashtirilsin;

d) 1-ilovaning 5-bandiga «faks» so’zidan keyin «zarurat bo’lganda elektron manzil» so’zlari qo’shilsin;

e) 4-ilova to’rtinchi bosqichining «tadbirlar» ustunining 2-bandida:

birinchi xatboshidagi «yozma ravishda» so’zlari «yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda» so’zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi «yozma» so’zi «yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda» so’zlari bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomning 9-bandiga «jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan» so’zlaridan keyin «shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikdan foydalangan holda» so’zlari qo’shilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo’li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to’g’risidagi nizomda:

a) 6-bandning birinchi xatboshiga «ommaviy axborot vositalarida» so’zlaridan keyin «shuningdek O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida» so’zlari qo’shilsin;

b) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo’shilsin:

«Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili ko’rsatilishi mumkin.

Tanlovda qatnashish to’g’risidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining ko’rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to’g’risidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi»;

v) 10-bandning «a» kichik bandi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;

g) 12-banddagi «yoxud pochta aloqa vositasi orqali» so’zlari «pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda» so’zlari bilan almashtirilsin;

d) 1-ilova 1-bosqichining «Tadbirlar» ustunining 2-bandidagi hamda 4-bosqichining «Tadbirlar» ustunining 3-bandidagi «ommaviy axborot vositalarida» so’zlaridan keyin «shuningdek O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida» so’zlari qo’shilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida» 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarorida (O’zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 62-modda):

a) Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomda:

15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«15. Davlat axborot resurslari o’zaro axborot-texnologik moslikni ta’minlashi va idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash maqsadida elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega bo’lishi zarur»;

19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hisobga olinishi va ro’yxatdan o’tkazilishi shart»;

20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin bo’lgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud bo’lgan hamda foydalanuvchining o’zining shaxsiy ma’lumotlari bo’lmagan jismoniy shaxslar to’g’risida ma’lumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno»;

quyidagi mazmundagi 211-band qo’shilsin:

«211. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan o’zaro hamkorligi «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi»;

30-bandning to’rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«axborot olish huquqiga ega bo’lmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari mavjud bo’lgan axborotlar to’g’risidagi ma’lumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi»;

b) Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi to’g’risidagi nizomda:

3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«3. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi ular faoliyati samaradorligini, tezkorligini va oshkoraligini oshirish, ular tomonidan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ko’rsatish spektrini kengaytirish va sifatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash hisobiga davlatning boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etishdan iborat»;

4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«4. Davlat xizmatlari ko’rsatishda, davlat organlari boshqa funktsiyalarini bajarishda zarur bo’lgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va engillashtirish, yangi ehtiyojlarni o’z vaqtida qondirish hamda paydo bo’layotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy bo’linmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi»;

5-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo’shilsin:

«idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash uchun «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiyalash imkoniyatini»;

oltinchi — to’qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ettinchi — o’ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

6-bandning to’qqizinchi xatboshidagi «axborotlar berilishini» so’zlari «elektron davlat xizmatlari ko’rsatilishini» so’zlari bilan almashtirilsin;

8-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo’shilsin:

«elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonun hujjatlarida belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini ta’minlash»;

beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-ettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

19-bandning birinchi xatboshiga «Davlat organlarining» so’zlaridan oldin «Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishga jalb etilgan» so’zlari qo’shilsin;

31-bandda:

quyidagi mazmundagi to’rtinchi xatboshi qo’shilsin:

«elektron davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur axborotlar mavjud bo’lgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash»;

to’rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5. Vazirlar Mahkamasining «Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo’llab-quvvatlash uchun mas’ul bo’lgan davlat organlari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida» 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori 2-bandining (O’zbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, o’z vaqtida qo’llab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini ta’minlasinlar;

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni ro’yxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari bo’yicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar».

6. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo’lgan nazorat-kassa mashinalarini qo’llash tartibi to’g’risidagi nizomga 1-ilovada:

a) 5-bandda:

birinchi xatboshidagi «turg’un shoxobcha joylashgan joy bo’yicha» so’zlaridan keyin «bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma olingan holda» so’zlari qo’shilsin;

«a» kichik bandda:

ikkinchi xatboshidagi «joyning manzili» so’zlaridan keyin «zarurat bo’lganda elektron manzili» so’zlari qo’shilsin;

uchinchi xatboshiga «telefonlar» so’zidan keyin «zarurat bo’lganda elektron manzil» so’zlari qo’shilsin;

«b» kichik band o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;

b) quyidagi mazmundagi 51-band qo’shilsin:

«51. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini berish haqidagi arizada xo’jalik yurituvchi sub’ekt elektron manzilining ko’rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to’g’risida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo’lgan roziligi hisoblanadi»;

v) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga «elektron shaklda» so’zlaridan oldin «axborot tizimi orqali» so’zlari qo’shilsin;

g) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda xo’jalik yurituvchi sub’ektni nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qilmagan yoki nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini bermagan taqdirda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib nazorat-kassa mashinasini qo’llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi.

Nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan ro’yxati va xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega bo’lgan hujjatga tenglashtiriladi va nazorat-kassa mashinasini qo’llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish uchun asos hisoblanadi.

Bunda davlat soliq xizmati organlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech bo’lmagan muddatda nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini berishi shart»;

d) 21-banddagi va 32-bandning birinchi xatboshidagi «elektron shaklda» so’zlaridan oldin «axborot tizimi orqali» so’zlari qo’shilsin;

e) 1-ilovada:

birinchi bosqichning «Tadbirlar» ustunining 2-bandiga «elektron shaklda» so’zlaridan oldin «axborot tizimi orqali» so’zlari qo’shilsin;

uchinchi bosqich «Tadbirlar» ustunining 2-bandiga «yozma shaklda» so’zlaridan keyin «yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda» so’zlari qo’shilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarorining (O’zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 12-son, 95-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«2. Yagona portal:

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funktsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishini;

jismoniy va yuridik shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur bo’lgan arizalar shakllari, blankalar va boshqa hujjatlardan, shu jumladan elektron tarzda to’ldirish uchun foydalanishini;

ariza beruvchilar tomonidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini;

elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo’lgan arizalar va boshqa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishni;

jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bog’liq so’rovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi».

8. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarorida:

a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi
TUZILMASI

TG’r

Ko’rsatkich

Ko’rsatkichning salmog’i



Yakuniy reyting,

100%

shu jumladan:


I. Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish

60%

1.1.

Internet tarmog’ida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish

1%

1.2.

Rasmiy veb-saytning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

5%

1.3.

«Ochiq ma’lumotlar» bo’limining mazmuni

8%

1.4.

«Elektron qatnashish» uchun imkoniyatlar

16%

1.5.

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha talablarni bajarish

30%


II. Axborot tizimlari, axborot resurslari va elektron hujjatlar aylanishi

16%

2.1.

«Elektron hukumat» tizimi doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

8%

2.2.

Idoralararo elektron hujjatlar aylanishi tizimining faoliyat ko’rsatishi

4%

2.3.

Boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi ma’lumotlar bazalari

4%


III. Axborot xavfsizligi

20%

3.1.

Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlari va vositalarini tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi

3%

3.2.

Axborot xavfsizligi bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarning mavjudligi va ularning amalga oshirilishi holati

7%

3.3.

Axborot xavfsizligini ta’minlash va xodimlarini himoya qilish bo’yicha jismoniy chora-tadbirlarning mavjudligi va amalga oshirilishi holati

4%

3.4.

Axborot xavfsizligini ta’minlash texnik vositalarining mavjudligi va holati

6%


IV. Tashkiliy jihatdan baholash

4%

4.1.

Tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan, yaqin yillardagi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlari rejalarining mavjudligi

1%

4.2.

Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga bosqichma-bosqich o’tkazish bo’yicha o’tkazishning jadvallari va sanalari ko’rsatilgan holdagi chora-tadbirlar dasturining mavjudligi

1%

4.3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan rahbariyat orasidan mas’ul shaxsning mavjudligi

1%

4.4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmaning yoki tegishli xizmatlar autsorsingi bo’yicha shartnomaning mavjudligi

1%

»

b) 3-ilovada:

1-bandda:

«d» kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«d) davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bo’lajak va o’tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to’g’risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to’g’risidagi boshqa axborotlar»;

quyidagi mazmundagi «r» kichik band qo’shilsin:

«r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo’yicha yo’riqnoma»;

v) 2-bandda:

birinchi xatboshidagi «bazaviy axborot» so’zlari «elektron davlat» so’zlari bilan almashtirilsin;

«a» kichik bandga «kunlari» so’zidan keyin «shuningdek soatlari» so’zlari qo’shilsin;

«v» kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo’lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin ko’chirish uchun statistika hisoboti»;

«g» va «i» kichik bandlarga «shikoyatlari» so’zidan keyin «davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to’g’risida ma’lumot olishga so’rovlari» so’zlari qo’shilsin;

«m» kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«m) «Elektron davlat xizmatlari» va «Ochiq ma’lumotlar» alohida bo’limlari;

«n» kichik bandga «avtomatlashtirilgan formatlari» so’zlaridan keyin «(shu jumladan SMS yuborish yo’li bilan» so’zlari qo’shilsin;

quyidagi mazmundagi «r» kichik band qo’shilsin:

«r) ularni ko’rsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari ko’rsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestridan ko’chirma yoki bunday axborot mavjud bo’lgan Davlat xizmatlari yagona reestriga havola»;

g) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda ko’rsatilishi mumkin»;

d) 12-bandning «b» kichik bandidagi «haq to’lash imkoniyati» so’zlari «haq to’lash va tasdiqlash imkoniyati» so’zlari bilan almashtirilsin.

9. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 apreldagi 87-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risidagi nizomda:

a) 4-bandga quyidagi mazmundagi to’rtinchi xatboshi qo’shilsin:

«elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan»;

to’rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — to’qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 10-bandda:

«a» kichik bandda:

ikkinchi xatboshidagi «Elektron hukumat» tizimini joriy etish» so’zlari «elektron hukumat» so’zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo’shilsin:

«elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash va elektron hukumat to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish»;

uchinchi — oltinchi xatboshilar to’rtinchi — ettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi xatboshidagi «Elektron hukumat» tizimini joriy etish sohasida» so’zlari «elektron hukumatni rivojlantirishda» so’zlari bilan almashtirilsin;

ettinchi xatboshidagi «Elektron hukumat» tizimini joriy etish» so’zlari «elektron hukumat» so’zlari bilan almashtirilsin;

«b» kichik bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini tahlil qilishni ta’minlash, elektron hukumat sohasida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish»;

quyidagi mazmundagi uchinchi — ettinchi xatboshilar qo’shilsin:

«markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i bo’yicha elektron hukumat infratuzilmasi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;

axborotlashtirish va elektron davlat xizmatlari ko’rsatish sifati, shuningdek elektron hukumat loyihalari amalga oshirilishi samaradorligining maqsadli ko’rsatkichlariga erishish darajasi bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash va nazorat qilish;

axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ayirboshlash bo’yicha standartlar va texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish;

elektron hukumat, elektron davlat xizmati ko’rsatish to’g’risidagi hisobot materiallarini shakllantirish va ularni puxta ishlash, shuningdek idoralararo elektron o’zaro hamkorlik sohasida monitoring olib borish;

ko’rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron o’zaro hamkorlik tartib-taomillarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish»;

uchinchi — sakkizinchi xatboshilar sakkizinchi — o’n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar, shuningdek elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektron hukumatning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish»;

v) 11-bandda:

«a» kichik bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, ma’lumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yo’ldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish bo’yicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi»;

uchinchi xatboshidagi «axborotlashtirishni» so’zidan oldin «elektron hukumatni» so’zlari qo’shilsin;

to’rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, Internet tarmog’ining milliy segmentini rivojlantirishda, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirishda, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etadi»;

ettinchi xatboshiga «kommunikatsiyalarni» so’zidan keyin «shuningdek elektron hukumatni» so’zlari qo’shilsin;

sakkizinchi xatboshidagi «Elektron hukumat» tizimini joriy etish» so’zlari «elektron hukumatni yanada rivojlantirish» so’zlari bilan almashtirilsin;

to’qqizinchi xatboshidagi «davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va axborot tizimlari integratsiyasini» so’zlari «axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyasini» so’zlari bilan almashtirilsin;

o’ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«fan va marketing tadqiqotlari, ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda elektron davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini birxillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat xizmatlari, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, standartlar va texnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon an’analarini, radiochastota spektridan foydalanishni o’rganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi»;

o’n ikkinchi xatboshidagi «joriy etish va» so’zlari chiqarib tashlansin;

o’n to’rtinchi xatboshidagi «kommunikatsiyalar» so’zi «elektron hukumat kommunikatsiyalari» so’zlari bilan almashtirilsin;

o’n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«umumiy texnik renglamentlarni va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari reglamentlarini kelishadi, mamlakatning yagona axborot makonini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish uchun maxsus texnik reglamentlarni va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi»;

o’n ettinchi xatboshidagi «Elektron hukumat tizimini joriy etish» so’zlari «elektron hukumat» so’zlari bilan almashtirilsin;

«b» kichik bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida «elektron hukumat» loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko’rsatkichlariga erishish darajasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini ta’minlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi»;

to’rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, ular tomonidan ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari sifati va elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlarining bir-biri bilan o’zaro hamkorligi darajasini baholash mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqadi»;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini tizimli takomillashtirish va qayta tashkil etish, funktsional va operatsion jarayonlarini tahlil qiladi va uning natijalari bo’yicha takliflar tayyorlaydi»;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«metodika, shuningdek jamoatchilik fikrini o’rganish asosida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari ko’rsatish sifatini baholaydi va natijalar bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi»;

o’n to’rtinchi xatboshidagi «interaktiv» so’zi «elektron» so’zi bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi o’n beshinchi xatboshi qo’shilsin:

«Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi»;

o’n beshinchi — o’n to’qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda o’n oltinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;

o’n oltinchi xatboshiga «davlat xizmatlari», «Davlat xizmatlarini» so’zlaridan oldin «elektron» so’zi qo’shilsin;

«e» kichik bandda:

sakkizinchi xatboshiga «elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari» so’zlari qo’shilsin;

to’qqizinchi va o’ninchi xatboshilarga «telekommunikatsiyalar» so’zidan oldin «elektron hukumat» so’zlari qo’shilsin;

«j» kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga «axborotlashtirish» so’zidan oldin «elektron hukumatni» so’zlari qo’shilsin;

g) 13-bandda:

ikkinchi xatboshiga «vakolatli organlar tomonidan markaziy ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan axborotni dolzarblashtirish» so’zlari qo’shilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko’rsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko’rsatish sifatini tekshiradi»;

to’rtinchi, oltinchi, sakkizinchi, o’n uchinchi xatboshilardagi «interaktiv» so’zi «elektron» so’zi bilan almashtirilsin;

o’n ikkinchi xatboshidagi «texnologiyalar» so’zidan keyin «elektron hukumat» so’zlari qo’shilsin;

o’n to’qqizinchi xatboshidagi «axborotlashtirish» so’zidan keyin «elektron hukumat» so’zlari qo’shilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi 120-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 5-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizomda:

a) 2-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat xizmati — ariza beruvchilarning so’rovlari bo’yicha davlat organlarining funktsiyalari amalga oshirilishi bo’yicha davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko’rsatish funktsiyalari ularga yuklangan bo’lsa, boshqa tashkilotlar ham ko’rsatishi mumkin;

uchinchi xatboshidan «davlat xizmatlari ko’rsatish to’g’risida» so’zlari chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«davlat xizmati ko’rsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini va unga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat»;

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning
YaGONA REESTRI

Davlat xizmatining noyob reestr raqami

Davlat xizmatining nomi

Davlat xizmatini ko’rsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi

Davlat

xizmati

ko’rsatilayotgan

ariza

beruvchilar

toifalari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

shakli

(an’anaviy va

elektron)

Davlat

xizmati

ko’rsatish

narxi

Davlat

xizmati

ko’rsatish

muddatlari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

reglamenti

Davlat

xizmati

ko’rsatish uchun

talab

qilinadigan

hujjatlar

Axborot

hamkorligi

orqali

olinadigan

hujjatlar va

axborotlar

hamda

ularni

beradigan

davlat

organlari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

natijasi

Davlat

xizmati

ko’rsatish

natijasida beriladigan

yoki davlat

xizmati

olish uchun

foydalaniladigan

shakllar

va blankalar

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga havola

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13








































Izoh. davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning yagona reestri davlat xizmatlari to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarni ham o’z ichiga olishi mumkin».

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga
5-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining o’z kuchini yo’qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

RO’YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2007 yil, 8-son, 50-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.

2. Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qarorining 1 va 2-bandlari (O’zbekiston Respublikasi QT, 2007 yil, 12-son, 71-modda), shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.

3. Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to’g’risida» 2009 yil 21 apreldagi 116-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.

4. Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2012 yil, 12-son, 95-modda), shuningdek qarorga 1-ilova hamda 2-ilova 2-bandining «v» kichik bandi va 3-bandining «v» kichik bandi.

5. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro’yxatining 210-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2013 yil, 8-son, 55-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq qarzdorligi yo’qligi to’g’risida xulosa berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida» 2014 yil 27 yanvardagi 17-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2014 yil, 1-son, 9-modda).

7. Vazirlar Mahkamasining «Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida» (O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida» 2014 yil 3 dekabrdagi O’RQ-378-son Qonuni)» 2015 yil 6 martdagi 50-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2015 yil, 3-son, 14-modda).

8. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida» (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to’g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702-son Farmoni)» 2015 yil 27 iyundagi 171-son qaroriga ilova 30-bandining «v» kichik bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2015 yil, 6-son, 51-modda).